“Tenge bank” ATB jarimaga tortildi

    Raqobat qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan monitoringlarda “Tenge bank” ATB reklama qonunchiligi buzgani aniqlandi.

    Qayd etilishicha, oʻtkazilgan monitoringlarda ommaviy axborotlarda “Tenge bank” ATB tomonidan ““Tenge 24” orqali “Osongina” onlayn mikro qarz 50 mln soʻmgacha beramiz” mazmunidagi joylashtirilgan reklamalar aniqlangan.

    Mazkur reklama axborotlarida “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining 43-moddasi talablariga asosan moliyaviy xizmatlarni koʻrsatishda shartnomaning muhim shartlari (mikro qarz yillik foizi, mikro qarz muddati, mikro qarz miqdori) koʻrsatilmaganligi maʼlum boʻldi.

    Yuqoridagi holatlar yuzasidan Qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan “Tenge bank” ATBga nisbatan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining tegishli moddalari talablari buzilishi yuzasidan ish qoʻzgʻatilib, ishni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha moliyaviy jarima qoʻllanildi.

    Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrsatma berildi.