Tennessi shtatida kichik samolyot halokatga uchradi

    AQShning Tennessi shtatining Neshvill shahrida bir dvigatelli samolyot halokatga uchradi va odamlar halok bo'ldi. Bu haqda mahalliy News Channel 5 telekanali xabar berdi.

    Uning ma'lumotlariga ko'ra, voqea dushanba kuni kechqurun soat 20:00 da sodir bo'lgan. Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, bir necha kishi hayotdan ko'z yumgan.

    Bortdagi yo'lovchilar soni va halokat sabablari haqida ma'lumot berilmagan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi tass.ru.