Birinchi daqiqalardanoq bir-birining zaif tomonlarini topishga uringan raqiblar koʻproq zarba berishga harakat qildi. Biroq birinchi davrada ular unchalik faollik koʻrsata olmadi.
Terens Krouford tajribali raqibini magʻlub etib, oʻrta vaznda mutlaq jahon chempioniga aylandi. Hakamlar bir ovozdan uning gʻalabasiga ovoz berdi.
Saul Alvares oxirgi marta 3-may kuni kubalik Uilyam Skullga (23-1, 9 KO) qarshi jang qilgan. Natijada u yakdil qaror bilan gʻalaba qozondi (115-113, 116-112, 119-109).
Eslatib oʻtamiz, Terens Krouford oxirgi marta 2024-yil 3-avgust kuni oʻzbekistonlik Isroil Madrimovga (10-2-1, 7 KO) qarshi jang oʻtkazgan. Bu safar hakamlar bir ovozdan (115-113, 116-112, 115-113) gʻalabani amerikalik sportchiga bergandi.








