Oʻyinning 8-daqiqasida Jaloliddin Masharipov hisobni ochib, vakillarimizni oldinga olib chiqqan boʻlsa, 23-daqiqaga kelib Azizbek Turgʻunboyev farqni ikkitaga oshirdi.

Shu tariqa terma jamoamiz Tailand terma jamoasini qiyinchiliksiz magʻlubiyatga uchratib, guruhda 1-oʻrinni egalladi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi avvalroq Osiyo kubogi saralash bosqichi doirasida Shri-Lanka hamda Maldiv orollari terma jamoalarini yirik hisobda magʻlubiyatga uchratgan edi.

Eslatib oʻtamiz, avval xabar berganimizdek futbolchilarimiz Tailandga qarshi oʻyin oldidan Osiyo kubogiga yoʻllanma olishgan edi.