Termiz davlat universiteti boʻsh ish oʻrinlari uchun tanlov eʼlon qildi

    Ta'lim 29 Dekabr 2023 1463

    Termiz davlat universiteti quyidagi vakant (boʻsh) ish oʻrinlari uchun tanlov eʼlon qiladi:

    Kafedra mudiri:

    1. Umumiy fizika
    2. Botanika
    3. Zoologiya
    4. Geografiya
    5. Ekologiya va tuproqshunoslik
    6. Noorganik kimyo
    7. Analitik kimyo
    8. Fizikaviy kimyo
    9. Amaliy matematika
    10. Matematik modellashtirish
    11. Kompyuter va dasturiy injiniring
    12. Iqtisodiyot
    13. Raqamli iqtisodiyot, biznes boshqaruvi va eklnoiyetrika
    14. Moliya va moliyaviy texnologiyalar
    15. Buxgalteriya hisobi va audit
    16. Turizm va mexmonxona xoʻjaligi
    17. Transport tizimlari va inshootlari
    18. Bino inshootlari arxitekturasi va qurilishi
    19. Davlat va huquq asoslari
    20. Falsafa
    21. Oʻzbekiston tarixi va manbashunoslik
    22. Arxeologiya
    23. Pedagogika va ijtimoiy ish
    24. Ingliz tili va adabiyoti
    25. Fakultetlararo chet tillar
    26. Oʻzbek tilshunosligi
    27. Oʻzbek adabiyotshunosligi
    28. Rus tilshunosligi
    29. Tojik filologiyasi va sharq tillari
    30. Jismoniy tarbiya va sport oʻyinlari
    31. Musiqa taʼlimi
    32. Texnologik taʼlim
    33. Milliy libos, kashtachilik, toʻqimachilik

    Kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda fan doktori, fan nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, shuningdek, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (RhD) ilmiy darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega boʻlgan, biroq kamida 5-yil metodik, ilmiy-pedagogik, ijodiy va tashkiliy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan shaxs qoʻyilishi mumkin.

    Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi shart:

    1. Rektor nomiga ariza.
    2. Pasport nusxasi
    3. Maʼlumotnova (obyektivka)
    4. Soʻrovnoma
    5. Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomlar nusxasi.
    6. Ilmiy daraja, ilmiy unvon, shuningdek ilmiy ishlar va ixtirolar mavjud boʻlgan taqdirda, ularga tegishli diplomlar, attestatlar nusxalari
    7. Ilmiy ishlar roʻyxati.
    8. Malaka oshirganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar.

    IZOH: hujjatlar gazetaga eʼlon berilgan kundan boshlab bir oy muddatda qabul qilinadi.

    Manzil: Termiz shahri, Barkamol avlod koʻchasi, 43-uy. Termiz davlat universiteti rektorati, universitet Kengashi kotibi telefoni: 76 223-16-09.