Xususan, kecha 6-sentyabr kuni “Termiz” dala oʻquv maydonida Surxondaryo viloyati hududidagi harbiy qismlar havo hujumidan mudofaa boʻlinmalari bilan aviatsiyaning intensiv uchish hududlarida dala oʻquv yigʻini boshlandi.
Maʼlum qilinishicha, dala oʻquv yigʻinini oʻtkazishdan asosiy maqsad toʻplangan tajribalarni yanada mukammallashtirish, jangovar harakatlarni tashkillashtirish va ularni zamonaviy sharoitlarda har tomonlama taʼminlash boʻyicha egallangan bilimlarni mustahkamlash hisoblanadi.
Ayni kunlarda oʻquv-uslubiy yigʻin davom etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, “Tolibon” Afgʻonistonni egallagach, koʻplab afgʻon harbiylari jon saqlash uchun Oʻzbekistonga qochib oʻtgan. Avgust oyi oʻrtalarida afgʻon armiyasining harbiy uchuvchilari Oʻzbekiston hududiga oʻtib, Surxondaryodagi paxta maydoniga qoʻngani aks etgan video internetda tarqaldi.
Reuters axborot agentligi Oʻzbekistondagi uchuvchilar bilan telefon orqali gaplashib, AQSH ularni evakuatsiya qilishini intizor boʻlib kutayotganini maʼlum qilgan edi.