3-dekabr kuni onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi, unda ishtirokchilar tadqiqotning asosiy bosqichlari va vazifalarini muhokama qildilar.
Loyiha Termiz shahridagi atmosfera havosi holatini batafsil oʻrganish, ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash va ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan. Olingan maʼlumotlar bizga havo sifatini monitoring qilish, aholi salomatligini muhofaza qilish va shaharning barqaror rivojlanishi uchun samarali vositalarni yaratishga imkon beradi.
Tadqiqotda mintaqadagi havo sifatiga sezilarli taʼsir koʻrsatadigan «afgʻon shamoli«, qum va chang boʻronlarining taʼsiriga alohida eʼtibor qaratiladi. Atmosfera sifatini monitoring qilish va modellashtirish boʻyicha jahon tajribasiga ega Finlyandiya meteorologiya instituti texnik va ilmiy yordam koʻrsatadi. UNEP loyihani muvofiqlashtirish va natijalarni atrof-muhit holatini yaxshilash boʻyicha mintaqaviy va global tashabbuslarga integratsiyalashuvini taʼminlaydi.
“2025-yil mamlakatimizda «Atrof-muhitni asrash va «yashil” iqtisodiyot yili» deb eʼlon qilinganini alohida taʼkidlash lozim. Ushbu loyiha hukumatning ekologik barqarorlikni taʼminlash va fuqarolar salomatligini muhofaza qilishga boʻlgan intilishini oʻzida aks ettiradi. Ishonchimiz komilki, oʻrganish natijalari samarali qarorlar qabul qilish uchun asos boʻladi», — dedi Ekologiya vazirligi Ekologiya siyosati departamenti boshqarmasi boshligʻi F.Sattorov.
Tadqiqot natijalari 2025-yilda jamoatchilikka taqdim etiladi. Natijalar asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari, sanoat korxonalari va boshqa manfaatdor shaxslar uchun tavsiyalar ishlab chiqiladi.