Termiz shahrida ogʻir vaznli transport vositalarining harakati cheklandi

    Bu boʻyicha Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining qarori qabul qilingan.

    Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2023-yil 22-dekabrdagi qarori bilan, endilikda Termiz shahrida yirik hajmli va ogʻir vaznli (yuk koʻtarish qobiliyati 8 tonnadan yuqori boʻlgan) transport vositalarining harakati cheklandi.

    Harakatlanish alohida hollarda Termiz shahar hokimligi, “Surxondaryoavtoyoʻl” hududiy yoʻllardan foydalanish tashkiloti va viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan oʻzaro tasdiqlangan kelishuv (sxema) orqali amalga oshirilishi belgilangan.