Bu haqida bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq hududlarda turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar sohalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish chog'ida ma'lum qilindi.
Viloyat rahbari Termiz shahrida “Termiz Boysun Qurilish” korxonasi tomonidan qurilgan “Tarmita plaza” mehmonxonasi bilan tanishgan. Shu yerning o'zida Termiz shahrida mehmonxona qurayotgan tadbirkorlar bilan muloqot o'tkazildi. Yil yakuniga qadar shaharning o'zida 10 dan ortiq mehmonxona foydalanishga topshirilishi aytildi.
Shundan so'ng, Termiz shahrida yangi mehmonxonalar qurish, Termiz tumanida dam olish maskani tashkil etish bo'yicha loyiha-taqdimotlari bilan ham tanishilib, loyihalarni takomillashtirish, sifatli amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.