Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, binoni taʼmirlash uchun 948 mln soʻm mablagʻ sarflanib, kitobxonlar uchun zarur sharoitlar yaratildi. Shuningdek, kutubxonaning kitob fondini boyitish uchun mahalliy byudjetdan 35 mln soʻm mablagʻ ajratilib, soʻngi adabiyotlar jamlanmalari yetkazib berildi.
Axborot-kutubxona markazining tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov, shuningdek, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik faollari ishtirok etdi.