Termiz tumaniga yangi hokim tayinlandi

    Mamlakatimizda 25 Yanvar 2023 5620

    Tuman hokimi lavozimiga Nazarov Shuxrat Xudayberdiyevich tayinlandi.

    Shuxrat Nazarov 1968-yil 16-aprelda Shoʻrchi tumanida tugʻilgan. 1991-yil Toshkent xalq xoʻjaligi institutini, 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi iqtisodchi, huquq.

    Sh.Nazarov 2008-2022-yillarda Soliq organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

    2022-yildan buyon Chirchiq shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.