“Termiz xalqaro savdo markazi”da toʻlovlarni dollar, yevro, rubl va yuanda amalga oshirishga ruxsat berildi

    “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish boʻyicha Prezident qarori qabul qilindi

    Qaror bilan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida quyidagilarga ruxsat berildi:

    – markaz hududida faoliyat yurituvchi subyektlarda Afgʻoniston va chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni tasdiqnoma olmasdan mehnat shartnomasi asosida ishlashiga;

    – ulgurji va chakana savdo uchun toʻlov sifatida AQSH dollari, yevro, Rossiya rubli va yuan valyutalarini qabul qilishga;

    – Afgʻoniston va Pokiston fuqarolariga savdo doʻkonlari, xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish uchun moʻljallangan bino va inshootlarni ijaraga olish, istisno tariqasida mulk huquqi bilan sotib olishga.

    Shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning kirish vizasini rasmiylashtirmasdan, chegara va bojxona nazoratidan oʻtgan holda maxsus yoʻlak orqali kirishi (chiqishi) hamda oʻn besh muddatgacha markaz hududida boʻlishi tartibi joriy etiladi.