Termizda chang-toʻzon koʻtarildi. Havoning ifloslanish darajasi maʼlum qilindi

    Yashil sayyora 3 Iyul 2023 1526

    Soat 10:00 da atmosferadagi mayda dispersli RM10 zarralari miqdori 6 065 mkg/m3ni tashkil etgan. Bu ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyalardan 12 barobar koʻp.

    Meteo sharoitlar tufayli joriy yilning 3-iyul kuni Termiz shahrida soat 4:00 da chang boʻroni boshlandi, deya xabar beradi Gidrometeorologiya xizmati markazi.

    Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatlashtirilgan stansiyalarining maʼlumotlariga koʻra, atmosfera havosidagi mayda dispersli RM10 zarralarining miqdori 719 mkg/m3 ni tashkil etgan, bu esa ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 1,5 barobar oshib ketgan. Shamol tezligi 11 m/s.

    Soat 05:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli RM10 zarrachalarining miqdori 1600 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 3,2 barobar oshib ketdi.

    Soat 6:00da atmosfera havosidagi mayda dispersli RM10 zarralarining miqdori 2 420 mkg/m3ni tashkil etgan, bu ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyalardan 4,8 barobar oshib ketdi.

    Soat 7:00da atmosfera havosidagi mayda dispersli RM10 zarralarining miqdori 2 820 mkg/m3ni tashkil etgan, bu ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyalardan 5,6 barobar oshib ketdi.

    Soat 8:00da atmosfera havosidagi mayda dispersli RM10 zarralarining miqdori 4 025 mkg/m3ni tashkil etgan, bu ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyalardan 8 barobar oshib ketdi.

    Soat 9:00da atmosfera havosidagi mayda dispersli RM10 zarralarining miqdori 7 363 mkg/m3ni tashkil etgan, bu ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyalardan 14,7 barobar oshib ketdi. Shamol tezligining pasayshi bilan havoda chang gʻubor kuztilmoqda.

    Soat 10:00da atmosfera havosidagi mayda dispersli RM10 zarralarining miqdori 6 065 mkg/m3ni tashkil etgan, bu ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyalardan 12 barobar oshib ketdi.