Termizda erkak yosh bolasini muttasil kaltaklab kelgani aytilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqda erkak tomonidan farzandini urib, shafqatsiz munosabatda boʻlayotganligi haqida videoxabar tarqaldi.

    Mazkur videoxabardagi holatlar Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan oʻrganilganida, holat Termiz shahrida sodir boʻlganligi aniqlandi, deya xabar beradi Bosh prokuratura matbot kotibi Hayot Shamsutdinov.

    Ushbu videoxabar boʻyicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Tekshirish natijasi yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi va bu haqida qoʻshimcha maʼlumot berilishi taʼminlanadi.