Yangi tibbiyot maskanini qurish, jihozlash ishlariga 6,5 milliard soʻmdan ortiq miqdorda investitsiya kiritildi. Bu yerda 25 ta yangi ish oʻrni yaratilib, statsionar sharoitda davolanish uchun 40ta oʻrin tashkil etildi.

Ushbu tibbiyot muassasasida qon aylanish va nafas tizimi, moddalar almashinuvi buzilishi, ovqat hazm qilish organlari va endokrin kasalliklarni eng yuksak texnologiyalar vositasida davolash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan, deb xabar beradi Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.