баннер
22 Mar 2025
02:08

    Termizdagi Xalqaro transport-logistika xabiga BMTning yangi maqomi berildi

    Bugun Termizda joylashgan Xalqaro transport-logistika xabiga BMT Qochoqlar ishlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi Global taʼminot tarmogʻi maqomini berishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

    Unda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, BMT vakolatxonasi, Qochoqlar ishlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasining hududiy ofisi va uning Afgʻoniston boʻlimi mutasaddilari, Surxondaryo viloyati hokimligi, Chegara qoʻshinlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

    Marosimda soʻz olganlar Prezidentimiz tashabbusi bilan keyingi yillarda BMT va turli xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning Afgʻoniston hamda boshqa mamlakatlarga gumanitar yordamini markazlashgan, tizimli, maqsadli yetkazilishini taʼminlash uchun qulay sharoit yaratishga alohida eʼtibor qaratilayotganligi taʼkidlandi.

    Xabdan gumanitar yordam koʻrsatish uchun foydalanayotgan manfaatdor xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlat vakillariga barcha sharoit yaratilgan. Uning BMT Qochoqlar ishlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi Global taʼminot tarmogʻiga kiritilishi bu boradagi ishlarni yanada samarali yoʻlga qoʻyishda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech