Termizga poyezdlar qatnovi koʻpaytirildi

    Qishki taʼtil kunlari uzaytirilishi munosabati bilan “Toshkent — Termiz — Toshkent” yoʻnalishiga qoʻshimcha 1 ta reysga qatnovlar qoʻyildi.

    Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmati maʼlum qildi.

    Poyezdlarning harakat jadvali quyidagicha:

    2023-yilning 21-yanvar kunlari 158-sonli “Toshkent — Termiz” yoʻnalishi:

    Toshkent 21:42 — Termiz 11:41

    2023-yilning 22-yanvar kunlari 157-sonli “Termiz — Toshkent” yoʻnalishi:

    Termiz 15:10 — Toshkent 05:42

    Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, temir yoʻl chiptaxonalarida hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni nafaqat temir yoʻl chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish mumkin: chipta.railway.uz