Journal du Mali nashrini xabarida aytilishicha, terrorchilar Niger bilan chegaradagi Gao prefekturasidagi uchta qishloqqa hujum uyushtirgan Ular odamlarni oʻldirish bilan cheklanib qolmay, uylarini buzib, yoqishgan, mollarni olib ketishgan.

Gao prefekturasi maʼmuriyati bu hujumni islom radikallari uyushtirganligini aytayotgan boʻlsa-da, rasman hech bir tashkilot mazkur xunrezlikni oʻz boʻyniga olmadi.

Shu oʻrinda eslatib oʻtish lozimki, soʻnggi paytlarda Afrika qitʼasi davlatlarida bunday terrorchilik hujumlari tez-tez boʻlib turibdi.