2018-yilning oʻrtalarida esa internet tarmogʻi orqali xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlar gʻoyaviy rahnamolarining “hijrat”, “jihod”, “shahidlik” toʻgʻrisidagi audio-video maʼruzalarini tinglab, ularga xayrihohlik bildiradi hamda aqidaparastlik mazmunidagi materiallarni atrofdagilarga tarqata boshlaydi.
2020-yilda u Oʻzbekistonga qaytganidan keyin ham noqonuniy harakatlarini davom ettiradi.
Hatto “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti aʼzolarining virtual daʼvatlari taʼsirida, yaqinlaridan yashirincha Suriyaga ketmoqchi boʻladi.
Lekin, maqsadi amalga oshmagach, jangarilarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni reja qiladi.
Shu tariqa u 2021-2022-yillar davomida oʻzi va boshqa maslakdoshlarining jami 24 mln. 222 ming soʻm miqdoridagi mablagʻlarini “moliyaviy jihod” sifatida xalqaro pul oʻtkazmalari va elektron ilovalar orqali Suriyadagi jangarilarga yuboradi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur shaxsning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Sergeli tuman sudi tomonidan uning qilmishlariga huquqiy baho berildi. U Jinoyat Kodeksining 2441, 2442 va 1553-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.