Tesla roboti muhandisga jarohat yetkazdi

    AQShda Ostin yaqinidagi Giga Texas zavodida Tesla roboti dasturiy ta'minot muhandisiga jarohat yetkazdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

    Nashr Tesla tomonidan tartibga soluvchi organlarga topshirilgan jarohatlar to'g'risidagi hisobot va avariyaga guvoh bo'lgan ishchilarning ko'rsatmalariga tayanib, bu haqda xabar berdi.

    Ta'kidlanishicha, jabrlanuvchining chap qo'liga ochiq jarohat yetkazilgan voqea 2021-yilgi jarohatlar hisobotida qayd etilgan.

    Tesla o'zining ikkinchi avlod odamsimon roboti Optimus Gen 2 ni taqdim etgandi, u odamlar qiladigan ba'zi vazifalarni bajarishga mo'ljallangan, deb xabar beradi korrespondent.net.