Taxmin qilinishicha, bu qarorga Ilon Maskning kapital daromad soligʻidan taxminan 2,5 milliard dollar tejab qolishga intilishi sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. Biroq, Texas shtatining oʻziga xos xususiyatlari bor: franchayzing qonunlari kompaniyalarga avtomobillarni bevosita mijozlarga sotishni taqiqlaydi.

Endi kompaniya Tesla Giga Texas zavodi qurilishini yakunlashi kerak, bu zavodda 5000 ishchi ishlaydi. Ochilish joriy yilga moʻljallangan. Qayd etilishicha, bu harakat Teslani Ilon Maskning boshqa kompaniyasi — SpaceX bilan yaqinlashtiradi.

Avvalroq, Ilon Mask SpaceX kompaniyasining asosiy obyektlari joylashgan Texasga koʻchib oʻtganini aytgan edi. Soʻnggi yillarda Texas Kaliforniyaga qaraganda past soliqlar va nisbatan arzon uy-joy tufayli  texnologiya kompaniyalari va startaplarni koʻproq jalb qilmoqda.