Teslaning sof foydasi birinchi marta 1 milliard dollarni tashkil etdi

    Tesla elektr transport vositalari ishlab chiqaruvchisining sof foydasi birinchi marta bir chorakda milliard dollardan oshdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.

    Tesla kompaniyasi 1-apreldan 30-iyungacha 1,14 milliard dollar daromad olganligini xabar qildi. Bu kompaniyaning oʻtgan yilning ikkinchi choragidagi foydasidan qariyb 10 barobar koʻpdir. Teslaning 2021-yilning ikkinchi choragidagi daromadi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravarga oshib, qariyb 12 milliard dollarni tashkil etdi.

    Ikkinchi chorakda Ilon Mask firmasi ishlab chiqarilgan va yetkazib berilgan elektromobillar soni boʻyicha rekord koʻrsatkichlarga erishdi. Shu vaqt davomida kompaniya xaridorlarga 201 304 dona avtomobil yetkazib berdi va 206 421 dona ishlab chiqardi. 2003-yilda tashkil etilgan kompaniya tarixida bir chorakda bunday natija ilk bor qayd etildi.

    Shuningdek, kompaniya Berlin yaqinidagi Gryunxayde munitsipalitetida gigafabrika va AQSHning Texas shtatida yana bir zavod qurilishi haqida xabar berdi. Bu yil birinchi Model Y elektromobillari ushbu zavodlarning konveyeridan chiqishi rejalashtirilgan.