Aytishlaricha, agar oldindan ob-havo yomonlashib, shamol, yomg‘ir bo‘lishi ehtimoli bo‘lsa, o‘sha joylarda mas’ul tashkilotlar tegishli choralarni ko‘rmoqda. O‘sha maydon, abituriyentlar test topshirishi kerak bo‘lgan joylarning ustini yopish uchun amaliy ishlar qilinmoqda.
“Bitta hudud bo‘yicha shamol va yomg‘ir yog‘ishi aniq bo‘lsa, ma’lumotlar berilgan bo‘lsa, abituriyentlarga SMS-xabarlar jo‘natiladi. Shu kungi test boshqa kunga, ya’ni barcha imtihonlar tugagandan keyingi kunlarga ko‘chiriladi.”, - dedi D.Qo‘chqorov.