Bilimni baholash agentligi mazkur qoida test sinovlariga taalluqli emasligini maʼlum qildi.
Agentlik, «Test sinovlari kuni shaxsni tasdiqlovchi pasport (ID-karta)ning asli majburiy ravishda taqdim etilishi shart. Aks holda siz test sinoviga kiritilmaysiz», deya abituriyentlarni qatʼiy ogohlantirdi
Sabab sifatida test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qatʼiyan taqiqlanganini taʼkidladi.
«Shuning uchun sizda pasportning asl nusxasi – ID-karta yoki biometrik pasport boʻlishi shart.
Yodingizda boʻlsin:
- Pasport (ID-karta) asl nusxasi;
- Abituriyent ruxsatnomasi — testga kirishda talab etiladi.
Test sinovlariga kech qolmang, hujjatlaringizni avvaldan tayyorlab qoʻying», deyiladi murojaatda.









