Tetiklashtiruvchi ichimlik mahsuloti importiga cheklov qoʻyildi

    Biznes 14 Aprel 2021 415

    “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Departament tomonidan Toshkent shahridagi savdo majmualarida sotilayotgan “E-ON” tetiklashtiruvchi ichimlik mahsulotining markirovkasi standart talabiga asosan oʻrganildi. “E-ON” tetiklashtiruvchi ichimlik mahsuloti markirovkasi standart talabiga javob bermadi.

    Xususan, mahsulot qadogʻida import qiluvchi tashkilotning nomi va manzili koʻrsatilmagan. Bundan tashqari mahsulot davlat tilida tamgʻalanmagan.

    “E-ON” tetiklashtiruvchi ichimlik mahsuloti importini cheklash yuzasidan Bojxona qoʻmitasiga maʼlumot kiritildi.

    “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Departament tomonidan Toshkent shahridagi savdo majmualarida sotilayotgan “TAYGA” tetiklashtiruvchi ichimlik mahsulotini markirovkasi standart talabiga asosan oʻrganildi.

    “TAYGA” tetiklashtiruvchi ichimlik mahsuloti amaldagi texnik muvofiq emasligi aniqlandi hamda importini cheklash yuzasidan Bojxona qoʻmitasiga maʼlumot kiritildi.