Texasda SpaceX raketasi portladi

    Kompaniya xabariga ko'ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

    Texasda Ilon Maskning SpaceX kompaniyasining raketasi sinov vaqtida portlab ketdi. Bu haqda Associated Press ma'lum qildi, deb xabar beradi tass.ru.

    Kompaniyaning o'zi Xda ta'kidlaganidek, raketa 18-iyun kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 23:00 da “jiddiy anomaliyaga duch keldi”. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi va yaqin atrofdagi aholi punktlari aholisiga hech qanday tahdid yo'q, deb xabar berdi SpaceX.