Texnikum direktorligiga talabgorlar ochiq tanlov asosida tanlab olinadi

    “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-158-son, 16.10.2024-y.) qabul qilindi .

    Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.

    Farmonga koʻra, 2026-yil 1-yanvardan oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan talab “Kasbiy taʼlim” platformasi orqali shakllantiriladi.

    2025/2026 oʻquv yilidan belgilangan texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilinadi.

    Xalqaro taʼlim dasturlari asosida taʼlim olgan va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchilarga xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha diplom (sertifikat) hamda kasbiy taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.

    2025-yil 1-yanvardan texnikumlarning direktor va direktor oʻrinbosari lavozimlariga talabgorlarni ochiq tanlov asosida tanlash tartibi joriy qilinadi.

    Kasbiy taʼlim tizimida yagona davlat siyosatini yuritish boʻyicha masʼul organ etib Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi belgilandi.