Eslatib o'tamiz, fil`mning bir qismi O'zbekistonda suratga olingan bo'lib, unda o'zbek aktyorlari ham ishtirok etgan.
Fil`mda buyuk sovet bokschisi, SSSR, Evropa chempioni, 1964 yilda Tokioda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlari g'olibi Valeriy Popenchenko hayoti haqida hikoya qilinadi. Uning yoshlik davri urushdan keyingi yillarda Toshkentdagi Suvorov bilim yurtida o'tadi. Mashhur sportchining tarjimai holidagi aynan shu tafsilot fil`mni O'zbekistonda suratga olinishi uchun muhim omil bo'lgan.
Fil`mda Viktor Horinyak, Sergey Bezrukov, Nikita Grigorev, Ingna Oboldina, Saera Safari va Viktor Verjbitskiy kabi taniqli aktyorlar rol` ijro etgan.