Termiz shahrida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Ulug'bek Qosimov ishtirok etib, maxsus jihozlangan tez tibbiy yordam mashinalari kalitlarini hududiy bo'limlar mutasaddilariga tantanali topshirdi. Shuningdek, tez tibbiy yordam bo'limlari uchun viloyat hokimligi tomonidan komp`yuter jamlanmalari hamda konditsionerlar ham topshirildi.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda Respublika tez tibbiy yordam markazi Surxondaryo viloyati filialida 215 ta tez tibbiy yordam mashinalari va 10 ta skuter xizmat ko'rsatib kelmoqda.