Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu maʼlumotlar mutlaqo asossiz va haqiqatga zid ekanini maʼlum qildi.
Aniqlanishicha, soʻnggi kunlarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bir sutka davomida oʻrtacha 750 nafarga yaqin fuqaro murojaat qilib, tez tibbiy yordam brigadalari tomonidan 175 nafarga yaqin bemor olib kelingan.
Biroq ular orasida goʻshtdan zaharlanish belgilari bilan birorta holat qayd etilmagan.
Eslatib oʻtamiz, bu kabi yolgʻon xabarlarni tarqatish tegishli tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.