Tezda eriydigan qahva donachalari qanday yaratilgan?

    1930-yillarda shveytsariyalik kimyogar, “Nestle” kompaniyasi xodimi Maks Morgentaler kofe donalarining barcha xususiyatlarini saqlab qolgan va uzoq muddatli saqlashga mo'ljallangan "kofe kubik"larni yaratadi. Uni ichish uchun issiq suv qo'shish kifoya edi.

    Yangi zelandiyalik Devid Strang 1890-yilda eriydigan kofeni ixtiro qiladi va patentlaydi. Ammo, 1901-yilda Chikagoda kelib chiqishi yaponiyalik bo'lgan amerikalik kimyogar Satori Kato ham o'zining tezkor choy ishlab chiqarish usulini asos qilib olib, kofe donalaridan kukun tayyorlash texnologiyasini ixtiro qiladi.

    1906-yilda ingliz kimyogari Jorj Konstant Vashington tez eriydigan qahvani ishlab chiqarish texnologiyasini yaratadi va "Red E Coffee" savdo belgisi ostida tijorat maqsadida ishlab chiqarilgan birinchi tezkor kofeni chiqaradi. Birinchi jahon urushi davrida aynan shu qahva amerikalik askarlarning quruq ratsioniga kiritilgan va askarlar tez tayyorlanuvchi qahvaning birinchi ommalashtiruvchisi bo'lishgan. Ular urushdan so'ng ham oilalari va tanishlari orasida kofe ichish odatini yoyishgan.

    Biroq, Jorj Vashingtonning eriydigan qahvasining sifati ancha past edi — askarlar ichimlikni asosan tetiklantiruvchi ta'siri uchun qadrlashardi va ko'pincha uni shunchaki quruq holda chaynashar yoki sovuq suv bilan suyultirib ichishardi.

    1930-yillarda shveytsariyalik kimyogar, “Nestle” kompaniyasi xodimi Maks Morgentaler kofe donalarining barcha xususiyatlarini saqlab qolgan va uzoq muddatli saqlashga mo'ljallangan "kofe kubik"larni yaratadi. Uni ichish uchun issiq suv qo'shish kifoya edi.

    1938-yil 24-iyulda konveyerdan tez eriydigan qahvaning birinchi namunalari chiqadi. Va tez orada "Nescafe" mashhur brendga aylanadi.

    Brendning lotin nomlari bugungi kungacha barchaga taniqli bo'lib qolmoqda, deb ma'lum qilmoqda Intellektual mulk agentligi axborot xizmati.