Jumladan, ishchi guruhning kechagi o'rganishlari natijasida ham qator kamchiliklar bartaraf etildi.
Yuqori Chirchiq tumani “Saksonota”, “Mirobod” mahalla fuqarolar yig'ini hududida elektr simlarining uzilishi natijasida 100 ga yaqin xonadonlarda elektr ta'minoti uzilib qolgan.
Ushbu masala tegishli mutasaddilar tomonidan nazoratga olinib, nosozliklar shu kunning o'zidayoq bartaraf etilgan.
Quyi Chirchiq tumani Abay nomli mahalla fuqarolar yig'inidan To'qboy mahallasiga yo'naltirilgan yer usti yuqori bosimli gaz quvuri payvand chokidan yorilishi natijasida 2 mingdan ortiq xonadon tabiiy gaz ta'minotidan uzilib qolgan.
Chinoz tumani Madaniyat mahallasidagi gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik natijasida esa 1500 dan ortiq xonadonda tabiiy gaz to'xtagan.
Mazkur hududlarda gaz quvridagi payvandlash ishlari 2 soat ichida yakuniga yetkazilgan hamda ta'minot qayta tiklangan.
Shuningdek, Bo'ka tumaniga 32, Angren shahriga 250, Bo'stonliq tumaniga 13, Bekobod tumaniga 17, Zangiota tumaniga 52, Qibray tumaniga 10,6, Ohangaron tumaniga 50 hamda O'rta Chirchiq tumaniga 24 tonna ko'mir mahsulotlari yetkazib berilgan.
“Tezkor shtab” faoliyati uzluksiz davom etmoqda.