Tezkor tadbir chogʻida qoʻlga olingan shaxslarga jazo tayinlandi

    Aybdorlarga besh yildan olti yilgacha boʻlgan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Toshkent shahar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda poytaxt hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir nechta jinoyatlarni sodir etgan shaxslar ushlanib, jinoyat uchun jazo muqarrarligi prinsipi taʼminlangan.

    Toshkent shahar IIBB tomonidan qoʻzgʻatilib tergov qilingan jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari yakunlanib, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.

    Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabariga koʻra,

    1. Jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tumani sudining 15-aprel kunidagi hukmiga bilan 1987-yilda tugʻilgan Muxamedjanov Azlarxon Botirovich Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a», «v» bandlari bilan aybli deb topilib, besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    2. Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumani sudining 6-may kunidagi hukmiga koʻra, 1993-yilda tugʻilgan Xolmuradov Sunnatulla Chariyevich Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «ye» bandi bilan aybli deb topilib, yetti yil olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    3. Jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tumani sudining 8-may kunidagi hukmiga koʻra, 1993-yilda tugʻilgan Oʻrinov Umidjon Baxtiyor oʻgʻli Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b», «v» bandlari, 223-moddasi 2-qismi «b», «v» bandlari bilan aybli deb topilib, olti yil oʻn bir oy yigirma sakkiz kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.