Biz ushbu xabarni eshitib darhol Moʻynoq tumani hokimligi Axborot xizmati boshligʻi Darigʻa Ablayeva bilan telefon orqali bogʻlanganimizda, u voqea joyiga borib, guvohlar bilan gaplashganini aytdi.
Moʻynoqlik Feruza Karamullayevaning soʻzlariga koʻra, shar koʻrinishidagi jismning bir tomoni biroz oʻyilgan. Feruza opa bolalariga sharni rasmga olishni soʻragan. Keyin bu suratlarni internet tarmogʻiga tarqatgan.
Maʼlum boʻlishicha, “Qaraqalpaqstan” telekanali “Xabar” dasturi muxbiri voqea joyiga borgan. Ammo voqeaga guvoh boʻlgan Sabir Karamatdinov bilan uchrasha olmagan.
Avvalroq guvoh “Osmonda nimaningdir qattiq yorilgan ozovi eshitildi. Bu 3-4-marta sodir boʻldi. Soʻng osmonga qarab turdim. Bir payt nomaʼlum jism katta tezlikda uchib kelib yerga urildi. Birdan yaqinlashishga qoʻrqib, 10 daqiqa vaqt oʻtgandan keyin borib ushlab koʻrsam, hali issiq ekan”, degan.
Moʻynoqqa tushgan sharning nima ekani soha mutaxassislari tomonidan oʻrganilishi kutilmoqda.
Minajatdin QUTLIMURATOV,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri