Poyezdlar tezligiga kiritilgan cheklovlar davom etadi

    Transport 2 Iyul 2025 1698

    Vaqtinchalik tezlik cheklovlari issiq ob-havo va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida joriy etilgan.

    “Temiryoʻlekspress“ AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, Respublikamizda keskin issiq ob-havo kuzatilmoqda, shunga koʻra yoʻlovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida, poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar oʻrnatiladi.

    Shuningdek, tezligiga cheklovlar oʻrnatilgan poyezdlar harakat jadvalida koʻrsatilgan vaqtdan kechroq manzilga yetib borishi mumkinligini maʼlum qilamiz, — deyiladi xabarda.

    Eslatib oʻtamiz, “Oʻzgidromet“ agentligi shu yilning 2-5-iyul kunlari Oʻzbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilayotganini maʼlum qilgan edi.