Shuningdek, qarorga muvofiq IIV tomonidan 2025-yil yakuniga qadar chorraha va yoʻllardagi barcha maxsus texnika vositalari toʻliq xatlovdan oʻtkaziladi.
— xatlov natijalari boʻyicha oʻzboshimchalik bilan yoki belgilangan tartibga rioya etmagan holda oʻrnatilgan, texnik va standart talablariga javob bermaydigan texnika vositalari demontaj qilinadi;
— tadbirkorlarning maxsus texnika vositalaridan foydalanishda shaxsga doir maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash, suiisteʼmolchiliklarning oldini olish choralari koʻriladi.