Kutilmaganda Argentina milliy jamoasi va "Inter Mayami" klubi hujumchisi Lionel Messi yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. 35 yoshli futbolchi sovrin uchun kurashda Erling Holand ("Manchester Siti"/ Norvegiya) va Kilian Mbappeni ("PSJ"/Fransiya) ortda qoldirdi.
Messi o‘z faoliyatida to‘rtinchi marta ushbu mukofotni qo‘lga kiritdi, avvalroq 2022, 2019 va 2009 yillarda ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan.
Messi o‘tgan yili "PSJ" bilan Fransiya chempioni bo‘ldi va "Inter Mayami" bilan Ligalar kubogini qo‘lga kiritdi. Oktyabr oyida 36 yoshli argentinalik "Oltin to‘p" sovrinining 8 karra sohibiga aylandi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, Lionel Messi taqdirlash marosimida bo‘lmagan. Kubok boshlovchi Terri Anriga topshirildi.
Shuningdek, ayrim OAVlar Messi va Xoland bir xil — har biri 48 tadan ovoz olgani haqida yozishmoqda. Bunda reglamentga ko‘ra, hammasini terma jamoa sardorlarining ovozlari soni hal qiladi, Leo esa ulardan ko‘proq ovozga ega chiqqan."