The Best sovrini uchun nomzodlar uchligini saraladi

    Ederson, Kurtua va Bunu ushbu sovringa daʼvogar

    Kecha FIFA yilning eng yaxshi darvozaboniga topshiriladigan The Best sovrini uchun nomzodlar uchligini eʼlon qildi.

    Yakuniy roʻyxatdan uch darvozabon – Yassin Bunu (Marokash, “Sevilya”/ “Al-Hilol”), Tibo Kurtua (Belgiya, “Real”) va Ederson (Braziliya, “Manchester Siti”) joy oldi.

    Nomzodlar roʻyxatini shakllantirishda darvozabonlarning 2022-yil 19-dekabr kunidan 2023-yilning 20-avgust kuniga qadar natijalari inobatga olingan.

    The Best sovrini uchun daʼvogarlarga muxlislar ham FIFA rasmiy saytida ovoz berishlari mumkin. Sovrin sohibi 15-yanvar kuni eʼlon qilinadi.