The Heritage Foundation: Oʻzbekiston AQSHning Markaziy Osiyodagi strategik sherigi

    Amerikaning The Heritage Foundation tahliliy markazi “Islohotlarga intilayotgan Oʻzbekiston AQSHning Markaziy Osiyodagi strategik sherigiga aylanmoqda” nomli maqolasini eʼlon qildi.

    Taʼkidlanishicha, ikki tomonlama munosabatlar strategik sheriklikning yangi davriga qadam qoʻydi. AQSH Oʻzbekistonning mintaqa davlatlari bilan yaqin aloqalarini olqishlaydi hamda ichki islohotlarni qoʻllab-quvvatlashni taklif qilmoqda. Yaqinda AQSH davlat kotibi E.Blinken ham “Oʻzbekiston mintaqaviy xavfsizlik va oʻsish uchun muhim sherik” ekanligini taʼkidladi.

    Maqolada Prezident Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasi tomonidan ilgari surilayotgan islohotlarning amalga oshirilishi shubhasiz mamlakatning ochiq va iqtisodiy rivojlangan boʻlishiga imkon yaratishi taʼkidlangan.