The New York Times nashrida O'zbekiston va uning turistik salohiyati haqida maqola chop etildi

    Maqola Buyuk Ipak yo'lining tarixi va unda O'zbekistonning o'ziga xos o'rni, jamiyatda hukmron bo'lgan tuzumlarning uning rivojlanishiga ta'siri haqidagi ma'lumotlar bilan boshlanadi.

    Unda Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarining kelib chiqishidan to bugungi kungacha bo'lgan tarixi hikoya qilinadi. Muallif har bir tarixiy shaharga borib, ularning ko'rinishi, infratuzilmasi va turistik salohiyati to'g'risida batafsil ma'lumot beradi, ko'rganlarini bayon etadi. Betakror fotosuratlar bilan maqolani yanada boyitgan.

    Maqola mualifi Atish Teyser unga sayohati davomida hamroh bo'lgan yosh juftlik Aziz va Madina haqida ham quvnoq va qiziqarli faktlarni keltirib o'tib, xalqimizning sodda va samimiy, mehmondo'st ekanligini ochib beradi.

    Maqola oxirida u Toshkentdagi CHorsu bozorini ham tilga olgan