баннер
25 Mar 2025
14:57

    The Times: Buyuk Britaniya Ukraina havo hududini qo'riqlash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda

    Buyuk Britaniya quruqlikdagi qo'shinlarini yuborish o'rniga, mojaro hal bo'lganidan keyin Ukraina havo hududini qo'riqlash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda The Times gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.

    Qayd etilishicha, bu NATOning Boltiqbo'yi respublikalari havo hududini himoya qilish dasturiga o'xshash missiyadir. Nashrning Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlaridagi manbalariga ko'ra, bunday holatda harbiy samolyotlar, jumladan Eurofighter Typhoon qiruvchi samolyotlari keyinchalik Polshada joylashtirilishi mumkin. Shu bilan birga, gazetaning ta'kidlashicha, missiya Ukraina osmonida parvozlarni taqiqlovchi hudud tashkil etishni anglatmaydi, chunki bunday operatsiya Ukraina osmonida NATO samolyotlarining doimiy bo'lishini talab qiladi.

    Buyuk Britaniya Bosh vaziri Key Starmer 16-fevral kuni The Daily Telegraph gazetasidagi maqolasida mojaroni hal qilish uchun Kiyevdagi hokimiyat xavfsizligi kafolati sifatida Ukrainaga qo'shin yuborishga tayyorligini ma'lum qildi. Keyinchalik u AQSh kafolati bilan Yevropa qurolli kuchlarining Ukrainaga joylashtirilishi mumkinligini ma'lum qildi. 18-fevral kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp Ukrainaga yevropalik tinchlikparvar kuchlarni yuborishga qarshi bo'lmasligini, ammo Vashington u yerga o'z qo'shinlarini yuborish niyatida emasligini aytdi.

    Seshanba kuni Ar-Riyodda AQSh ma'muriyati vakillari bilan bo'lib o'tgan muzokaralardan so'ng Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Shimoliy Atlantika alyansi qo'shinlarining Ukraina hududida bo'lishi Moskva uchun nomaqbul ekanligini ta'kidladi, deb xabar beradi tass.ru.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech