Bu haqda The Wall Street Journal o't ochishni to'xtatish bo'yicha muzokaralardagi arab vositachilariga tayanib xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Isroil hududda o'rnatilgan kameralar va datchiklar ma'lumotlariga ega bo'lmoqchi, shuningdek, o'z qo'shinlarining bir qismini yo'lakda saqlamoqchi.
G'azodagi HAMAS jangarilarining Isroilga hujumiga javoban boshlangan harbiy operatsiya doirasida Isroil hukumati 2024-yil boshida yo'lak ustidan nazoratni tiklashni rejalashtirayotganini e'lon qildi. SAXAL bu maqsadiga may oyida erishdi.
The Wall Street Journalning ta'kidlashicha, bunday shartlar o't ochishni to'xtatish to'g'risidagi bitimni tuzish yo'lidagi muhim to'siqlarga aylanadi. Misrdagi yuqori martabali manbaga ko'ra, Qohira Isroil qo'shinlarini Filadelfiya yo'lagi va Rafah chegara punktidan to'liq olib chiqib ketishga chaqirmoqda. Nashrning qo'shimcha qilishicha, Isroil vakillari bu mavzuni Qohirada vositachilar bilan muhokama qilgan, biroq “bu borada sezilarli siljishga erishilmagan”.
19-avgust kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan G'azoda o't ochishni to'xtatish rejasini uch soat davomida muhokama qildi. Muzokaralar yakunida Isroil hukumati rahbari idorasi Isroil Vashingtonning sulh rejasini qabul qilgani haqida ma'lum qildi, deb xabar beradi rtvi.com.