баннер
23 Mar 2025
12:38

    Tian Shuchunni O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

    O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ikki tomonlama manfaatli sheriklikni rivojlantirish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etishga qo‘shayotgan munosib hissasi, yurtimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini yanada jadallashtirish, zamonaviy qurilish-arxitektura hamda savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida istiqbolli va innovatsion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi katta xizmatlari uchun «TSC HK Investment» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Tian Shuchun O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Sh.Mirziyoyev

    Telegram kanalimiz
    Text to speech