Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchkoʻprik tuman boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda fuqarolar Oʻ.Q. va N.Gʻ. tibbiy buyumlarni dorixonalardan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni koʻzlab, fuqaro Q.ga tegishli hujjatlari boʻlmagan 50 ming dona “BIOLA Biosetix Budjet, Igla/Ine 21G” nomli xorijda ishlab chiqarilgan sistema tibbiy buyumini 115 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, shuningdek dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.