Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining vazifalari belgilandi

    Mamlakatimizda 14 Iyun 2021 1531

    Hukumat qarori (366-son, 12.06.2021-y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

    Nizomga koʻra, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi.

    Agentlikning asosiy vazifalaridan biri, jumladan, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish hisoblanadi.

    Agentlikka Prezident bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

    Shuningdek, Agentlik tarkibida yuridik shaxs hisoblanmaydigan, Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda byudjetdan tashqari “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyat yuritadi.

    Agentlik oʻz faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va hisobot beradi.