баннер
Sayt test rejimida ishlamoqda
Лого Лого-пв-уз

    Tibbiy-ijtimoiy yordamga muhtoj aholi qatlami muammolari oʻrganildi

    Ijtimoiy hayot 20 Noyabr 2021 813

    Sirdaryo viloyat tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan tibbiy-ijtimoiy koʻmakka muhtoj fuqarolar sogʻligʻini tiklash borasida bir qator xayrli ishlar amalga oshirilyapti.

    Guliston tuman tibbiyot birlashmasida tuman hududida yashayotgan va tibbiy-ijtimoiy yordamga muhtoj boʻlgan aholi qatlami vakillari uchun sayyor qabul tashkil etildi.

    Sayyor qabulga kelganlar orasida yetti nafar fuqaro sogʻliqlarini tiklash uchun yoʻllanma soʻragan boʻlsa, uch nafar fuqaro eshitish moslamalari olishda amaliy yordam soʻradi. Yana ikki nafar fuqaro esa nogironlik aravachasi bilan bogʻliq masalada murojaat etdi.

    Shu joyning oʻzida murojaatchilar murojaati koʻrib chiqildi va sakkiz nafar fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi. Besh nafariga sogʻliklarini tiklash uchun sanatoriyga yoʻllanma, ikki nafariga nogironlik aravachasi, ikki nafar fuqaroga eshitish moslamasini berildi.

    Qolgan toʻrt nafar fuqaroning murojaatini tez kunlarda hal etish boʻyicha masʼullarga shu yerning oʻzida koʻrsatma berildi.

    Tumanning “Ibrat” mahalla fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qilib kelayotgan va kasalligi tufayli ancha vaqtdan buyon uyda yotib qolgan yakka yolgʻiz fuqaro Halima Bobayorova holidan ham xabar olindi va u kishiga nogironlik aravachasi topshirildi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.