баннер
Sayt test rejimida ishlamoqda
Лого Лого-пв-уз

    Tibbiy sugʻurtaning aholiga qanday qulayligi bor?

    Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanining 133 ming nafardan ortiq aholisiga birlashma tarkibidagi tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan 167 nafar shifokor va 1160 nafardan ortiq hamshira tibbiy xizmatlar koʻrsatmoqda.

    Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi xodimlari tuman tibbiyot birlashmasida avgust, sentyabr va oktyabr oylarida davolanganlik holatlar va aholining sogʻligi bilan bogʻliq koʻrsatkichlarini monitoring qilish, kasallik tarixini toʻldirishda rioya qilinadigan standartlarni bajarilishi boʻyicha oʻrganishlar olib bormoqda. Tumanning 133 ming nafardan ortiq aholisiga birlashma tarkibidagi tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan 167 nafar shifokor va 1160 nafardan ortiq hamshira tibbiy xizmatlar koʻrsatmoqda.

    Tumanda tibbiy sugʻurta tizimi mexanizmlari joriy etilishi, jumladan, har bir oilaviy shifokor punkti, oilaviy poliklinikalar uchun kafolatlangan tibbiy xizmatlar paketi ishlab chiqilgani koʻpchilikka manzur boʻlmoqda.

    Kafolatlangan paketga oila shifokori qabuli, konsultatsiyasi, 10 turdan ortiq diagnostik, laborator tekshiruvlar hamda 66 turdagi dori vositalari, tibbiy buyumlar, sarflov materiallari, stomatologiya xizmati kiritilgan boʻlib, ushbu xizmatlar aholiga bepul koʻrsatiladi.