Aynan shu masalani yechish, joylardagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini va xizmat koʻrsatish koʻlamini yaxshilash borasida Sirdaryolik tibbiyot xodimlar muhim qadamlarni tashlashdi.
Aholi orasida sogʻlom turmush tarzini yoʻlga quyish barobarida, joylarda aholini tibbiy xatlov va antropometriyadan oʻtkazish tadbirlarini boshlab yuborishdi. Shu bilan birga hozirgi vaqtda keng tarqalgan diabet, yurak-qon tomir kabi kasalliklarning oldini olish, profilaktika qilish, sogʻlom turmush tarzi, sogʻlom ovqatlanish va faol jismoniy harakatni yoʻlga qoʻyish maqsadida targʻibot va tashviqot ishlarini yoʻla quydi.
Kuni kecha Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Akrom Azizbekov, viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tibbiy xizmat sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi Yorbek Mamanazarov, “Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish” Sirdaryo viloyat hududiy bulimi mudiri Tojixon Gʻofforovalar ana shu maqsadda viloyatning Sardoba tumanidagi “Ota yurt”, Mirzaobod tumanidagi Dung ariq mahalla fuqarolar yigʻinlarida va Oqoltin tumanidagi 15-qishloq oilaviy poliklinikasida boʻlishdi.
Ular oʻsha hududlarni aholisi bilan uyma-uy yurib, uchrashdi. Prezidentimizning 2020-yil 12-noyabridagi “Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va boshqa meʼyoriy hujjatlarni mazmun mohiyati va qolaversa aholini tibbiy xatlovdan oʻtkazish va antropometrik koʻrsatkichlarni oʻlchash ishlari toʻgʻrisida ularga maʼlumot berishdi.
Sadoba, Oqoltin va Mirzaobod tuman tibbiyot birlashmalarining bosh shifokorlari ularga hamrohlik qilishdi. Xonadonma xonadon yurishib oʻtkazilgan xatlov natijalarini koʻzdan kechirish bilan birga, xatlovdan oʻtkazilmagan xonadon aʼzolarini xatlovdan oʻtkazish va antropometrik koʻrsatkichlarini oʻlchash ishlarida birlamchi tibbiy sanitariya muassasalari xodimlariga koʻmaklashdi.
Bir soʻz bilan aytganda, Sirdaryoda oʻtkazilayotgan bu kabi tadbirlar viloyat aholisi orasida sogʻlom turmush tarzini shakllanishiga, turli kasalliklarni erta aniqlash va oʻz vaqtida samarali davolash imkonini bermoqda.
Gʻulom PRIMOV,
Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati