Shifokor boʻlish istagidagi yoshlar kelgusida nafaqat egnidagi oq libosi, balki qalbiga ham gard yuqtirmasliklari lozim.
Bemorlarga oʻz jon-jigarlari, yaqinlaridek munosabatda boʻlish uchun esa, avvalo, pokiza niyat, olijanob maqsad va qatʼiy ahd zarur. Tibbiyot oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarining qasamyodi shunisi bilan ahamiyatli.
2022-2023 oʻquv yilida Toshkent tibbiyot akademiyasini 1238 nafar yigit-qiz tamomladi.
Bugun poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida boʻlib oʻtgan “Ibn Sino izdoshlari” nomli tantanali tadbirda ana shu bitiruvchi yoshlar shifokorlik qasamyodini qabul qildi.