1985-yilda ishga tushirilgan mazkur bino taʼmiriga investitsiya dasturi asosida davlat byudjetidan 11 milliard 200 million soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.
Shuningdek, muassasa xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarilgan, zamonaviy 630 million soʻmlik tibbiy jihozlar bilan taʼminlandi.
Bu yerda hozirgi kunga qadar mavjud boʻlgan 80 oʻrinli tugʻruq majmuasi oʻrnida 110 oʻrinli tumanlararo perinatal markazi ham tashkil etilgani hudud aholisi uchun yangi qulayliklar yaratdi.
Binoning ochilish marosimida Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov ishtirok etib, nishonliklar va tibbiyot xodimlarini yangi, barcha qulayliklarga ega ishga tushayotgan bino bilan hamda Mustaqillikning 32 yilligi va mazkur shodiyona bilan tabrikladi.












